Bugun Prezident soliq masalalariga oid videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi
Jamiyat
−
08 yanvar 2020
7175QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Unda yangi tahrirdagi soliq kodeksini amaliyotga tadbiq etish, 2020 yil davlat byudjeti daromadlari prognozi bajarish borasida amalga oshirilayotgan tizimli choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalar muhokama qilinadi.
Ushbu videoselektor yig‘ilishida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hududiy hokimliklar rahbarlarining kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan hisobotlari eshitiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda yangi Soliq kodeksi kuchga kirdi. Yangi kodeks XXI bo‘lim, 71 bob va 480ta moddadan iborat.