Bugun Prezident davlat mukofotlarini topshiradi
Jamiyat
−
12:26 1642 1 daqiqa
Bugun, 26 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi. Bu haqda mamlakat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat mukofotlarini topshirish marosimi Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 aprel kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori imzolangandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng nishonlanishi belgilangandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Ismoilovich Allamjonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i – Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangandi.
Live
Barchasi