Bugun poytaxtning qaysi hududlarida gaz va issiq suv o‘chirilishi aytildi

Jamiyat

image

Bugun, 14 avgust kuni poytaxt Toshkentning Uchtepa tumanida gaz ta’minoti, Olmazor va Chilonzor tumanlarida issiq suv ta’minoti, Shayxontohur tumanida ikkisi ham o‘chirib qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, bugun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtning Shayxontohur va Uchtepa tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarida soat 8:00 dan 20:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

  • Shayxontohur tumanidagi "Ko‘kcha", "Oqlon", "Katta hovuz", "Jarariq", "Obinazir", "Ilg‘or", "Tinchlik", "Yangi shahar", "Islomobod" mahallalarida;
  • Uchtepa tumanidagi “Bog‘ichinor”, “Shaftolizor”, "Istirohat" mahallalarida qisman gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi.

Shuningdek, poytaxtdagi 3-IM qozonxonasida gaz ta’minoti o‘chirilishi munosabati bilan Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarida issiq suv ta’minoti ham qisman to‘xtatiladi.

  • Shayxontohur tumanining Chorsu, Qoratosh, Beshyog‘och, Huvaydo mavzelari, Anhor bo‘yi, Zarqaynar va Abay ko‘chalari, M-10, 11, 13, 14, 26, 27 va 28 da;
  • Olmazor tumanining B1, B2, B3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Beruniy maydoni, Talabalar shaharchasida;
  • Chilonzor tumanining Olmazor dahasi va Beshyog‘och ko‘chasida issiq suv o‘chiriladi.

Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing