Bugun poytaxtning 3 tumani gazsiz qoladi
Jamiyat
−
06 iyun 2023 5728 1 daqiqa
Bugun, 6 iyun kuni poytaxt Toshkentning 3 tumanida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minoti” AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, Toshkentning Chilonzor, Yakkasaroy va Olmazor tumanlaridagi ayrim hududlarda gaz quvuri va quduqlarida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, bugun, 6 iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Chilonzor tumani:
• “Beshqo‘rg‘on” MFYda jami 120 ta xonadonlar;
• “Beshqo‘rg‘on” MFY jami 3 ta ulgurji iste’molchilar.
Yakkasaroy va Olmazor tumanlari:
• “Yangi Toshkent” MFYdagi jami ko‘p qavatli uydagi 90 ta xonadonlar;
• Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi “Korzinka”da ham gaz ta’minoti uziladi.
Shuningdek, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi xususiy maktab, “A.” hotel va “Yangi Toshkent” MFYdagi jami 3 ta ulgurji iste’molchilar bugun gaz ta’minotisiz qoladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust