Bugun ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
10:04 1633 1 daqiqa
O‘zgidromet bugun, 3 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 33–38 daraja, janubda ba’zi joylarda 40–43 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35–37 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25–30 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi