Bugun ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
10:17 1483 1 daqiqa
Bugun, 27 iyul kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida nisbatan mo‘tadil ob-havo kuzatiladi. Tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lmaydi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39 daraja, ayrim joylarda 40-42 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat ayrim joylarda 40-42 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi