Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?
Jamiyat
−
08:06 1904 1 daqiqa
O‘zgidromet bugun, 6 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23 daraja, ba’zi joylarda 24-26 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26 daraja bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18 daraja bo‘ladi.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel