Bugun Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Jamiyat

image

Bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvga iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari taklif etilgan. Ushbu uchrashuvda davlat rahbari tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida faol tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing