Bugun mandat chiqadigan kun edi. Ammo...

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari bugun, 21 avgust kuni e’lon qilinishi kerak edi. Bunga test sinovlarining bir kunga surilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi, deb xabar berdi QALAMPIR.UZ muxbiri.  

DTM mutasaddisiga ko‘ra, bu yilgi test sinovlarining natijalari bugun, 21 avgust kuni e’lon qilinishi kerak edi. Biroq O‘zbekistonda 11 avgust Qurbon hayiti munosabati bilan test sinovlari o‘tkaziladigan kunlar ortga surildi. Bundan tashqari har bir abituriyentga 3ta oliy ta’lim muassasassiga o‘qishga hujjat topshirish imkoniyati bo‘lgani sababli 3 million 500 mingdan ortiq natijalarini ko‘rib chiqishga ancha vaqt sarflanadi. 

Mamlakatda test sinovlarining so‘ngi kuni 15 avgustga to‘g‘ri keldi. Shu kungi sinovlar Buxoro shahrida o‘tkazilgan. 

Davlat test markazi mutasaddilariga ko‘ra, javoblar 2-3 kunda e’lon qilinishi kerak va hozirda tekshirish jarayoni davom etyapti. 

Joriy yilda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga 1 million 66 ming 900 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. Bu o‘tgan 2018 yilga qaraganda 250 ming abituriyentga ko‘p demakdir.

Shundan ijodiy imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlardan tashqari 979 ming 470 abituriyent test imtihonlarida qatnashishi kerak edi. Biroq, imtihonlarga 954 ming 75 nafar 25 ming 395 nafari turli sabablarga ko‘ra imtihonlarda qatnashmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

564

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing