Bugun Kiyevda “Qrim platformasi” sammiti boshlanadi

Olam

image

Bugun, 23 avgust kuni Ukraina poytaxti Kiyevda “Qrim platformasi”ning xalqaro sammiti boshlanadi. Bu haqda “RBK-Ukraina” xabar berdi.

“Qrim platformasi” ishtirokchilarining 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi Ukrainaning hududiy yaxlitligi, yarim orolning kelajagi va gumanitar siyosat masalalariga bag‘ishlanadi. Mamlakatlar va hukumatlar rahbarlari yarim orol kelajagi va Qora dengizdagi xavfsizlik muammosini muhokama qilish niyatida. 

Asosiy mavzu don koridorlari faoliyatining asosiy komponenti sifatida Azov-Qora dengiz mintaqasida xavfsizlik bo‘ladi. Bu yil sammit aralash formatda o‘tkaziladi – ishtirokchilar ham shaxsan, ham onlayn tarzda qatnashadi.

“Qrim platformasi”da 64 davlat ishtirok etishi kutilmoqda. Bir kun oldin Bolgariya Prezidenti Katalin Novak va Moldova Bosh vaziri Dorin Rechan sammitda ishtirok etish uchun Ukrainaga yetib borgan. Prezident Vladimir Zelenskiy Qrim masalalari bo‘yicha uchinchi yig‘ilishni e’lon qilar ekan, Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutteni ham ishtirok etishga taklif qilgan.

“Qrim platformasi” formatidagi muzokaralar Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tashabbusi bilan boshlangan. Ta’sis sammiti 2021 yilda Kiyevda bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Qrim platformasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing