Bugun Qirg‘iziston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
25 mart 2021
4490Bugun, 25 mart kuni Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulukbek Maripov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
Xabar qilinishicha, Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari raisligida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning 9-yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qirg‘iziston delegatsiya tarkibiga mamlakatning turli vazirlik va idoralarining rahbarlari kiritilgan.
Mehmonlar Toshkentdagi qator yuqori texnologik korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanishadi.
LiveBarchasi