Bugun “EL-KLASIKO”! So‘nggi to‘rt o‘yin natijasini bilasizmi?

Sport

image

Dunyo ahlini teng ikkiga ajratib yuborishga qodir, hattoki, eng yaqin do‘stingiz bilan ham qarama-qarshi qilib qo‘ya oladigan yagona kuch bu “el-klasiko”dir! Va bugun ham nigohlar Ispaniyaga qaratiladi.

Bugungi uchrashuv Ispaniya kubogi yarim finali javob bahsi hisoblanib, ilk o‘yinda tomonlar durrangga imzo chekishgandi. Shu sababdan “Copa del Rey” doirasida bo‘lib o‘tgan “Real” va “Barselona” ishtirokidagi so‘nggi to‘rt uchrashuvning natijalarini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

06.02.2019 Barselona – Real 1:1
16.04.2014 Barselona – Real 1:2
26.02.2013 Barselona – Real 1:3
30.01.2013 Real – Barselona 1:1

E’tiborlisi, Ispaniya kubogini oxirgi to‘rt yildan beri hech kimga bermayotgan “Barselona”, “Qirol kubogi”dagi “Real”ga qarshi oxirgi to‘rt bahsda umuman g‘alaba qozona olmagan. Xo‘sh, bugun ikki to‘rtlik seriyaning qay biriga barham beriladi?

Ma’lumot uchun, o‘yin Toshkent vaqti bilan 28 fevral, soat 01:00 da boshlanadi.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing