Bugun Bahodir Jalolov BRICS o‘yinlaridagi yurishini boshlaydi
Sport
−
19 iyun
10781Ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida 5-BRICS sport o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Bugun, 19 iyun kuni musobaqada sportning boks turi bo‘yicha bahslar boshlanadi.
Kun dasturida 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi, jumladan kechki vaqtda Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov xitoylik Remula Abudurixiti bilan to‘qnash keladi.
Janglar soat 16:00 da boshlanadi.
Bugun jang o‘tkazadigan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati:
-48 kg: Saidaxon Rahmonova - Lia Patlay (Rossiya) “A” ring, 16:00 dan so‘ng;
-50 kg: Sabina Boboqulova - Anamika (Hindiston) “B” ring, 16:00 dan so‘ng;
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Soniya (Hindiston) “B” ring, 16:15 dan so‘ng;
-60 kg: Rashida Tagirova - Alla Ivashkevich (Bellarus) “A” ring, 16:30 dan so‘ng;
-66 kg: Hadichabonu Abdullayeva - Manju Bamboriya (Hindiston) “B” ring, 16:45 dan so‘ng;
-75 kg: Aziza Zokirova - Alina Veber (Bellarus) “B” ring, 17:30 dan so‘ng;
+81 Diyoraxon Abdummanobova - Nupur (Hindiston) “B” ring, 18:00 dan so‘ng;
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Maqsud Hasmetov (Ozarbayjon) “B” ring, 18:15 dan so‘ng;
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Farazahmad Amiri (Afg‘oniston) “A” ring, 19:30 dan so‘ng;
-92 kg: Madiyor Sayidrahimov - Bakit Toktosun (Qirg‘iziston) “A” ring, 20:15 dan so‘ng;
+92 kg: Bahodir Jalolov - Remula Abudurixiti (Xitoy) “B” ring, 20:15 dan so‘ng.
Ma’lumot uchun, BRICS o‘yinlarida dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 3 mingga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Turnir 23 iyunga qadar davom etadi.
LiveBarchasi