Bugun AQSH va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi “C5+1” uchrashuvi o‘tkaziladi
Jamiyat
−
23 aprel 2021 5472 1 daqiqa
Bugun, 23 aprel kuni videokonferensaloqa orqali Markaziy Osiyo va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari va AQSH Davlat kotibi ishtirok etadi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy siyosat, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSHning iqtisodiyot, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka erishishga ko‘maklashish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun, bu AQSHning yangi ma’muriyati va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilk rasmiy uchrashuv hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabriklab, “C5+1” muloqoti davom etishidan umidvorligini aytgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025