Bugun Abdusattorov va Sindorov qatnashayotgan nufuzli turnir yakunlanadi

Sport

−

image

Bugun, 14 fevral kuni Germaniyaning Vayssenxaus shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam” turniri yakunlanadi.

Musobaqa startidayoq shov-shuvli natijalarni ko‘rsatgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bugun 3-o‘rin uchun  kechadigan bahsning ikkinchi partiyasida norvegiyalik taniqli shaxmatchi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Tomonlar o‘rtasidagi birinchi bahsda norvegiyalik grossmeysterning qo‘li baland keldi. Sindorov faqatgina g‘alaba qozonish orqali o‘tinni tay-brekka olib o‘tishi va tay-brekda ham zafar quchib, musobaqani kuchli uchlikda yakunlashi mumkin.

Yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 5-o‘rini uchun amerikalik Hikaru Nakamura ham bahs olib boradi. Abdusattorov ham xuddi Sindorov singari 1-partiyada raqibiga mag‘lubiyatga uchradi. Nodirbekni ham Nakamuraga qarshi bahsda faqatgina g‘alaba qoniqtiradi.

Ma’lumot uchun, “Freestyle Chess Grand Slam” turnirida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi 100 ming, 5-o‘rin egasi esa 50 ming AQSH dollar pul mukofotiga ega chiqadi. Musobaqaning javob o‘yinlari Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing