Bugun Abdusattorov va Sindorov 58 ming yevrolik turnirdagi yurishini boshlaydi

Sport

image

Bugun, 14 oktyabr kuni O‘zbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov Angliya poytaxti London shahri mezbonlik qilayotgan “WR Chess Masters” turniridagi ishtirokini boshlaydi. 

 “WR Chess Masters” musobaqasida dunyoning eng yaxshi shaxmatchilari o‘zaro kuch sinashadi. Turnirda dunyo shaxmatining yorqin 16 yulduzi innovatsion formatda chempionlik uchun kurash olib boradi. 

Sovrin jamg‘armasi 58 ming yevroni tashkil etadigan musobaqa 18 oktyabrga qadar davom etadi. Dastlabki bosqichda Nodirbek Abdusattorov turnirdagi yagona ayol shaxmatchi, Shveysariya vakili Aleksandra Kostenyukka qarshi dona sursa, Javohir Sindorov fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing