Bugun Abdusattorov qatnashayotgan turnirning blits yo‘nalishida g‘olib aniqlanadi
Sport
−
23 dekabr 2022
4316Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning blits bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning rapid yo‘nalishida chempion bo‘lgan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov blitsda ham bosh sovrin uchun kurashyapti.
Abdusattorov tezkor shaxmat bahslarida umumiy 9 ta turning oltitasida raqiblaridan ustun kelgan bo‘lsa, 3 ta partiyada mag‘lubiyatga uchradi.
Bugun, 23 dekabr kuni Nodirbek Abdusattorov 19-turda qora donalarda ispaniyalik Fransisko Valexoga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Vugar Gashimov xotira turniri 2014 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Turnirning ilk g‘olibi norvegiyalik Magnus Karlsen hisoblanadi.
LiveBarchasi