Bugun Husanov va “Siti” Manchester derbisida ishtirok etadi
Sport
−
06 aprel
189056 aprel kuni Angliya Premer-ligasi 31-turi doirasida Manchester shahrining ikki klubi o‘rtasida derbi bo‘lib o‘tadi. “Manchester Yunayted” o‘z uy stadioni bo‘lmish “Old Trafford”da “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Ushbu o‘yinda “shaharliklar” himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Husanovning derbida maydonga tushish imkoniyati qanday?
“Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o‘tgan kubok o‘yinida bir taym o‘ynadi va zahiraga olingan edi. “Lester”ga qarshi bahsda esa qaydnomaga ham kiritilmadi. Buni murabbiy Gvardiola Husanovni derbidagi bahs uchun asrab qo‘ydik degan sabab bilan izohlab berdi. “Lester”ga qarshi o‘yinda Niko O'reyli asosiy tarkibda chap qanot himoyasida, Yoshko Gvardiol esa markaziy himoyaga o‘tkazilgan edi. Husanovda hech qanday jarohat yo‘q. U “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinga tayyor.
O‘zaro uchrashuvlar tarixi
Manchester shahrining ushbu ikki klubi umumiy 195 marta to‘qnash kelib, shundan 80 ta o‘yinda “Yunayted”, 62 ta bahsda “Siti” g‘alaba qozongan. 53 ta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan, ya’ni durang qayd etilgan. Jamoalaring oxirgi to‘qnashuvi 2024 yilning 15 dekabr kuni “Etihad” arenasida bo‘lib o‘tgan va unda “Manchester Yunayted” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Mazkur to‘qnashuvga qadar “Manchester Yunayted” o‘tgan turda “Nottingem” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Manchester Siti” esa “Lester“ni o‘z uyida 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Tarkibdagi yo‘qotishlar
Ikkala jamoa ham mazkur o‘yinga tarkibdagi jiddiy yo‘qotishlar bilan kelmoqda. “Manchester Yunayted”da birinchi davradagi o‘yin qahramoni Amad Diallo, yarim himoyachi Kobbi Meynu, himoyachilar Jonni Evans, Lisandro Martines va Lyuk Shou jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yuboradi. “Shaharliklar” safida esa jamoaning asosiy hujumchisi Erling Xoland, yarim himoyachi Rodri, himoyachilar Natan Ake, Jon Stounz va Manuel Akanji uchrashuvda klubiga yordam bera olmaydi.
Taxminiy tarkiblar
Har o‘yinda bo‘lgani kabi ushbu bahs oldidan bir nechta portallar o‘zining taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.
“Opta” talqiniga ko‘ra...
“Manchester Yunayted” tarkibi:
Onana, Yoro, De Ligt, Mazraui, Dalot, Dorgu, Kazemiro, Ugarte, Fernandesh, Garnacho, Zirkzeye.
“Manchester Siti” tarkibi:
Ederson, Nunes, Diash, Gvardiol, O'reyli, Gyundogan, Niko, Savino, Grilish, Doku, Marmush.
“Sportsmole” talqiniga ko‘ra...
“Manchester Yunayted” tarkibi:
Onana, Mazraui, De Ligt, Yoro, Dalot, Ugarte, Fernandesh, Dorgu, Maunt, Garnacho, Xoylund.
“Manchester Siti” tarkibi:
Ederson, Nunes, Diash, Gvardiol, O'reyli, Gyundogan, Niko, Savino, Grilish, Doku, Marmush.
Har ikkala portal ham o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni zahirada qoldirgan. Buning sababi o‘tgan kubok o‘yinida zahiradan maydonga tushib, ikkita assist qayd etgan Niko O'reyli bugun asosiy tarkibda o‘yinni boshlaydi deya taxmin qilimoqda. Asosiy tarkib bilan bog‘liq yakuniy qaror Gvardiola tomonidan chiqariladi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yin bugun, 6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi.
LiveBarchasi