Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman – Kannavaro
Sport
−
24 iyun 7825 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Albatta, Jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson bo‘lmasligi aniq edi. Qur’a natijalari chiqqanidan keyin Kolumbiya va Portugaliya kabi raqiblarni ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini bilgan edik. Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoam bilan faxrlanishimni aytganman. Bugun ham shunday fikrdaman. Chunki maydondagi futbolchilarimni ko‘rdim. Ha, ular qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi”, deydi Kannavaro.
Shuningdek, Kannavaro barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘lishini alohida ta’kidladi.
“Portugaliya terma jamoasi yuqori darajadagi ijrochilarga ega va bugun ular katta motivatsiya bilan maydonga tushishdi. Biroq men avval ham aytganimdek, bu Jahon chempionati biz uchun muhim tajriba vazifasini o‘taydi. Biz ushbu turnir orqali o‘sishimiz, xulosa chiqarishimiz va kelajak uchun yanada kuchliroq jamoa bo‘lib qaytishimiz kerak”, deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xyustonda bo‘lib o‘tgan Portugaliga qarshi uchrashuvda yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Live
Barchasi