Bugun ham Toshkent havosidagi zarrachalar miqdori me’yordan oshmadi
Jamiyat
−
08 dekabr 2622 1 daqiqa
Bugun, 8 dekabr kuni Toshkent shahrida havodagi PM10 va PM2,5 mayda dispersli zarrachalarning miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan oshmadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Soat 09:00 holatida atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi
PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 62 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi;
PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 48 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (60 mkg/m3) oshmagan.
Ifloslantiruvchi moddalar miqdori SanQvaN 0053-23 ruxsat etilgan me’yorlari bilan taqqoslanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 dekabr kuni ham Toshkent shahrida havo sifati yaxshilanib, PM10 va PM2,5 mayda dispersli zarrachalarning miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan oshmagandi.
Live
Barchasi