Bu yil 1 kg paxta uchun necha pul to‘lanishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
43202Bu yilgi paxta mavsumida birinchi terim uchun 1 kilogramm paxtaga 1 000 so‘m, ikkinchi terimdagi paxta uchun 1 400 so‘m narx belgilanmoqda. Bu haqida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ma’lum qildi.
Bahodir Umrzoqovning aytishicha, bu yilgi terim mavsumiga ishsizlar, yoshlar, xotin-qizlar, xohish bildirsa, keksalar ham jalb qilinadi. Paxta jarayonida barcha ishchilar mehnat shartnomasi asosida xizmat qiladi.
Mavsumda yaxshi teradigan terimchilar kuniga 100-120 ming atrofida daromad olishlari mumkin. Barcha terimchilar uchun mehnat sharoitlari tashkillashtiriladi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi