“Bu – o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam”. Mirziyoyeva yangi qonun loyihasini olqishladi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati O‘zbekistonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bunga Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirdi.

“Bu – o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam. Ishonchim komilki, endi ularni vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlamoqchi bo‘lganlar qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. Qonunni Prezident imzolagach, o‘qituvchilar, umuman, ta’lim sohasi uchun katta voqelik bo‘ladi. Kutamiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing