Bu soxtalashtirilgan turnir – Mustafo Ziko
Sport
−
14:16 1747 1 daqiqa
Misr milliy terma jamoasi hujumchisi Mustafo Ziko Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidagi Argentinaga qarshi o‘yindagi hakamlikdan norozi ekanini bildirdi. Bu haqda u o‘yindan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Kecha, 7 iyul kuni Misr terma jamoasi Argentinaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvni fransiyalik hakam Fransua Letekse boshqarib bordi.
“Mening nazarimda, hakam birinchi daqiqadanoq o‘yin taqdiri qanday bo‘lishini hal qilib qo‘ygandi. Biz Misr xalqiga quvonch ulashishni istagandik, ammo buning imkoni bo‘lmadi”, deydi Ziko.
Futbolchi, shuningdek, musobaqadagi hakamlikka keskin baho berdi.
“Argentina terma jamoasini Jahon chempionatidagi g‘alaba bilan tabriklayman. Menimcha, bu soxtalashtirilgan turnir. Ular qolgan o‘yinlarni o‘tkazmasa ham bo‘ladi. Hakam butun bir millatning orzusini barbod qildi. Mening fikrimcha, u bizga nisbatan bir tomonlama munosabatda bo‘ldi, chunki bizning g‘alaba qozonishimizga yo‘l qo‘yilmasligi kerak edi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Turnir joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi.
Live
Barchasi