Bu safar Urganchda. Yo‘q reysga chipta olgan 300 ga yaqin odam aeroportda to‘plandi
Jamiyat
−
05 noyabr 2021
9150Urganch xalqaro aeroportida odamlarning tirbandligi yuzaga kelgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqaldi. “Uzbekistan Airports” AJ holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 4 noyabr kuni soat kechasi taxminan 2:00 dan boshlab “Urganch” xalqaro aeroportiga Urganch – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha IFly rus aviakompaniyasining parvozini amalga oshirish niyati bilan yo‘lovchilar kelishni boshlagan. Biroq, bu parvoz jadvalda mavjud bo‘lmagan. Yo‘lovchilarning barchasi aviachiptani Avia Market orqali sotib olgan. Charter reysiga jami 290 ta chipta sotilgan.
Odalmar to‘plangach, “Urganch” aeroporti xodimlari barcha yo‘lovchilarni jo‘nab ketish zaliga joylashtirib, qo‘shimcha stul va skameykalar o‘rnatgan, shuningdek chiptalarni sotgan kompaniya bilan bog‘lanib, yo‘lovchilarga barcha kerakli ma’lumotlarni berishni va yuzaga kelgan vaziyatni hal qilishni talab qilishgan. Ma’lum bo‘lishicha, Avia Market kompaniyasi O‘zbekiston Transport vazirligi bilan parvozni kelishmagan va kerakli hujjatlarni tayyorlamagan.
Ayni paytda vaziyat tartibga solingan va Moskvadan A-330 samolyoti Urganchga uchib ketgan. Aeroportda ro‘yxatdan o‘tish e’lon qilingan.
Avvalroq, Toshkentda sayyohlik kompaniyasi mijozlariga jadvalda yo‘q reys uchun chipta sotgani haqida xabar bergan edik. Reys yo‘qligi sabab Toshkent xalqaro aeroportida 200 nafar atrofidagi odam to‘planib qolgandi.
LiveBarchasi