Bu mening oxirgi Jahon chempionatim bo‘ladi – Ronaldu

Sport

image

Futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati yakuniga yaqinlashayotganini ochiq tan oldi. Portugaliyalik yulduz 2026 yilgi Jahon chempionati uning uchun so‘nggisi bo‘lishini tasdiqladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.


“Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Gollar uryapman, tezligim va o‘tkirligimni saqlab turibman. Terma jamoada o‘ynashdan zavqlanyapman. Ammo to‘g‘risini aytsam, faoliyatimni tez orada yakunlayman. Bu ehtimol, bir yoki ikki yil ichida bo‘ladi”, deydi Ronaldu Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan turizm va sarmoya bo‘yicha global sammit videomuloqotida.

Portugaliyalik afsona 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan Jahon chempionatini faoliyatidagi so‘nggi mundial sifatida ko‘rmoqda:

“Albatta, bu mening oxirgi Jahon chempionatim bo‘ladi, chunki o‘shanda 41 yoshda bo‘laman. Futbolga 25 yilimni bag‘ishladim, juda ko‘p rekordlar o‘rnatdim. Endi esa faqat lahzadan zavqlanmoqchiman”, deya qoshimcha qiladi u.

Shuningdek, Ronaldu o‘g‘li Krishtianu Junior haqida ham fikr bildirdi.

“Odam sifatida hech kim bizdan yaxshiroq bo‘lishini istamaymiz. Lekin men farzandlarim mendan ham yaxshiroq bo‘lishini xohlayman. Unga bosim o‘tkazmayman, muhim narsa shuki, u baxtli bo‘lsin. Qaysi yo‘lni tanlashidan qat’i nazar, men uning tayanchi bo‘laman”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu telejurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida yaqin kelajakda faoliyatini tugatishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati Krishtianu Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing