Bu ertak emas! “Ayaks” qaytmoqda

Sport

image

Kecha, 30 aprel kuni tunda Yevropa Chempionlar ligasining yarim final doirasidagi ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Londonda bo‘lib o‘tgan murosasiz bellashuvda gollandiyaliklar kichik hisobda g‘alaba qozondi. “Ayaks” a’zosi Donni van de Bek birinchi bo‘limning 15-daqiqasida “Tottenxem” darovazasini ishg‘ol etdi. Uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Bu amsterdamliklar uchun Chempionlar ligasining joriy mavsumida pley-off bosqichi safar o‘yinlaridagi uchinchi g‘alaba bo‘ldi. “Ayaks” nimchorak finalda Madridda “Real”ni yenggan bo‘lsa (4:1), chorak finalda “Yuventus”ni Turinda taslim qilgan edi (2:1).


Maqola muallifi

Teglar

EChL

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing