Bu bosqichda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q – Odiljon Hamrobekov
Sport
−
09 Sentabr
3953O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Odiljon Hamrobekov 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 2-turdan o‘rin olgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston uchrashuvi oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Avvalo mehmondo‘stlik uchun minnatdormiz. Bu bosqichda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q, shunday ekan biz ham ertangi bahsda faqat va faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz hamda o‘zimiz uchun kerakli natija bilan ortga qaytishga harakat qilamiz”, deydi Hamrobekov.
Hamrobekov jamoalarning so‘nggi qarama-qarshiligi haqida ham fikr bildirdi.
“Osiyo kubogi oldidan Qirg‘iz Respublikasi jamoasini yirik hisobda mag‘lub etganmiz, biroq o‘sha bahs ikkala jamoa ham ko‘proq jismoniy jihatga e’tibor qaratgan paytga to‘g‘ri keldi. Ertangi bo‘ladigan uchrashuvimiz esa mundial yo‘llanmasi uchun haqiqiy saralash o‘yini bo‘ladi. Ertangi uchrashuvning ahamiyati yuqori, chunki raqibimiz o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarga umuman boshqacha tayyorgarlik ko‘radi. O‘ylaymanki, murosasiz va qiziqarli bahs bizni kutib turibdi”, deydi Hamrobekov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ham Qirg‘iziston bilan bahs oldidan jurnalistlarning savollariga javob qaytargandi.
LiveBarchasi