Bu bosqichda barcha jamoalar kuchli hisoblanadi – Srechko Katanets

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-bosqich ilk turida Shimoliy Koreya bilan bahs olib boradigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets bo‘lajak bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Barchasi joyida, futbolchilarimiz o‘yinga tayyor. Kechagi mashg‘ulotda ham jamoamiz diqqat va e’tibor bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdi. Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz, shu sababli maqsadimiz faqat g‘alaba qozonish. Raqibimiz biz bilan o‘yinga qadar o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaza oldi, ko‘proq mashg‘ulotda qatnashdi. Biz esa yaqinda yig‘ildik, biroq bu narsa biz uchun yangilik emas. 3 yildan buyon jamoa bilan birgamiz va bu borada yetarlicha ko‘nikmaga egamiz. Hamma futbolchilar yig‘inga bir xil holatda yetib kelmadi, kimdir ko‘proq o‘ynadi, kimdadir vaziyat boshqacha. Lekin mening vazifam barchasini tahlil qilish va o‘yinga tayyorlash hisoblanadi. Hammasi joyida, biz shu ruhda davom etishimiz kerak. Bu bosqichda barcha jamoalar kuchli hisoblanadi, xususan, ertangi raqibimiz ham”, deydi Katanets

Shuningdek, mutaxassis raqibning imkoniyatlari va koreyslarning imkoniyatlari qay darajada o‘rganilgani haqida ham so‘z ochdi. 

“Men ertaga nima bo‘lishini bilmayman, oldimizda katta yo‘l bor. Asosiy e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan. Tarkib borasida ertaga barchamiz guvohi bo‘lamiz. Ushbu terma jamoani tahlil qilish qiyin. Suriya va Yaponiya bilan o‘yinlarda har xil tarkib bilan harakat qilgan. Jamoa tartibli, o‘z uslubiga ega. Lekin biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratganmiz va ertangi o‘yinga ham nimalarga qodirligimizni maydonda isbotlashimiz kerak”, deydi murabbiy.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-KXDR o‘yini 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yinga Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Jahon chempionati Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made