“Bu biznes odobi, sir emas!” Qodirov Gazpromning yonini oldi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 24 yanvar kuni O‘zbekiston va Rossiya kompaniyasi o‘rtasida gaz bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi. Mazkur “yo‘l xaritasi” haqidagi xabarni o‘zbekistonliklar dastavval Energetika vazirligidan emas, balki Rossiyaning Gazprom kompaniyasidan eshitgani hamda asosiy ma’lumotlar hali ochiqlanmagini bois ijtimoiy tarmoqlar orqali norozilik bildira boshladi. Jamoatchilik ushbu kelishuv “yo‘l xaritasi” niqobi ostidagi gaz “ittifoqi” yoki “shartnoma” bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Mazkur xavotirlar yuzasidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov munosabat bildirdi. Uning aytishicha, kelishuv tafsilotlarining ochiqlanmagani bu sir emas, aksincha biznes odobi!

“Energetika va Tashqi ishlar vazirlari bilan “Gazprom” yo‘l xaritasi tafsilotlarini gaplashdim. Bu insonlar murakkab davrda mamlakatimiz manfaatlari uchun jiddiy va foydali ishlar qilishmoqda. Bu ish milliy manfaatlarimizga zarar emas, aksincha yaxshigina foyda keltirmoqda. Ko‘p tomonlama bo‘lgan bu kelishuv tugallansa, batafsil axborot beriladi, bu biznes odobi, sir emas!” degan u o‘zining Telegram sahifasida.

Shuningdek, u mazkur mavzu yuzasidan tanqidiy fikr bildirganlarni “O‘zbekiston manfaatiga zid yo‘nalishda ishlash”ga yo‘ygan.

“So‘z erkinligi birinchi navbatda mas’uliyatdir. “Yo‘l xaritasi” bilan “shartnoma”ni farqlay olmaydiganlar xalq manfaati uchun kurashayotgan mas’ullarni xoinlikda ayblashi, bilib yoki bilmay O‘zbekiston manfaatiga zid yo‘nalishda ishlashga o‘xshab qolayapti”, deya qo‘shimyaa qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoatchilik orasida kelib chiqqan shov-shuvlardan so‘ng Energetika vazirligi Rossiyaning Gazprom kompaniyasi bilan kelishuv mazmunini ochiqlagan edi.

Biroq, haligacha “yo‘l xaritasi”ning to‘liq matni jamoatchilik uchun sirligicha qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing