Bu hafta ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida joriy yilning 17-19 avgust kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi havo harorati 33-38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-43 darajagacha bo‘ladi. Harorat kechalari 18-23 daraja bo‘lishi kuzatiladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Shimolda 21 avgust kuni shamolning kuchayishi 22-25 m/s ga yetishi mumkin.

Toshkentda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati bugun, 17 avgust kuni kunduzi 35 daraja atrofida, keyinchalik ish haftasining oxirigacha kechalari 20-23 daraja, kunduz kunlari 35-38 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing