Bryusselda NATO mudofaa vazirlari yig‘iladi
Olam
−
26 yanvar 2023
4580Joriy yilning 14-15 fevral kunlari Bryusselda NATO mudofaa vazirlari va Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha aloqa guruhining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 26 yanvar kuni Shimoliy Atlantika alyansi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Mudofaa vazirlari 14-15 fevral kunlari NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida Bosh kotib Yens Stoltenberg raisligida uchrashadi. 14 fevral kuni NATO shtab-kvartirasida AQSH boshchiligidagi Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining alohida yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvlar dasturi esa hozircha noma’lum. Matbuot xizmati xabarida tadbirlar arafasida uchrashuvlar dasturi ham e’lon qilishi aytilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 yanvar kuni Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasida AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan aloqa guruhining so‘nggi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi