Bruno Fernandesh MYUni tark etmoqchi – OAV  

Sport

image

“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi va sardori Bruno Fernandesh klubdagi “notinchlik”dan charchagani va kelasi yozda jamoani tark etishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining jamoadoshlari uning bunday qarorini tushunishmoqda. Ularning aytishicha, Fernandesh 2020 yilda “qizil iblislar” safiga qo‘shilganidan beri har doim bor kuchini ishga solgan va jamoaning eng barqaror hamda yetakchi o‘yinchilaridan biri bo‘lib kelgan.

Shu bilan birga, yarim himoyachi “Manchester Yunayted”ning yangi egalik modeli tomonidan o‘ziga nisbatan ishonch susayganini his qilmoqda. Qolaversa, bosh murabbiy Ruben Amorimning ishdan bo‘shatilishi ham uning “Old Trafford”da faoliyatini davom ettirish istagini kuchaytirmagan.

Ma’lumot uchun, Bruno Fernandesh “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda jami 309 ta o‘yinda maydonga tushib, 103 ta gol urgan va 94 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi joriy transfer oynasi davomida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi va sardori Bruno Fernandesh bilan shartnoma imzolash borasidagi tayyorgarlik ishlarini qayta boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” Bruno Fernandesh Ruben Amorim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing