Bruney shahzodasi Hoji Abdul Azim olamdan o‘tdi
Olam
−
24 Oktyabr 2020 18225 1 daqiqa
Bruney shahzodasi Hoji Abdul Azim vafot etdi. 38 yoshli voris taxtning to‘rtinchi vorisi edi. Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.
Shahzoda Azim – Sulton Hassanal Bolkiaxning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, u 1982 yilning 29 iyulida Sultonlik poytaxti Bandar-Seri-Begavanda tug‘ilgan. Uning o‘limi sababi aniqlanmagan.
Qayd etilishicha, shahzodaning vafoti munosabati bilan mamlakatda milliy bayroqlar tushiriladi. 24 oktyabrda Sultonlikda yetti kunlik motam boshlanadi.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr