Britni Spirsni to‘nab ketishdi
Madaniyat-san’at
−
02 yanvar 2024 10354 1 daqiqa
Taniqli amerikalik xonanda Britni Spirs o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida sevimli liboslari yo‘qolayotganidan shikoyat qildi. Qo‘shiqchining ko‘pincha hushyor yurmasligini bilgan muxlislar uni masxara qildi. Jumladan:
"Bechora Britni, seni "uxlatib" ketishdimi? Sen bilan doim nimadir sodir bo‘ladi-ya, o‘g‘irlanganiga o‘zing ham ishonasanmi?" kabi izoh qoldirgan uning sahifasidagi obunachilardan biri.
Gap shundaki, xonanda ijtimoiy tarmoqlar orqali sevimli ko‘ylagi, shuningdek, yangi kurtkasi jomadonidan sirli tarzda yo‘qolib qolganini ma’lum qilgan.
“Men kiyimlarimni ikki kun oldin Las-Vegasga samolyotga chiqishdan oldin kiyganman! Lekin u xuddi kecha sotib olingan yangi qora kurtkam kabi yo‘qolib qoldi”, degan xonanda.

Ammo ushbu voqeani yulduzning obunachilari kulgu bilan qarshi oldi. Qo‘shiqchi esa muxlislarining munosabatidan "g‘azab otiga mindi".
"Sevimli narsangiz yo‘qolib qolsa va odamlar ushbu voqeaga masxaraomuz javob bersa, sizni g‘azablantirmaydimi? Axir sizni to‘nab ketishdi”, deydi Spirs.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyusha taxallusi bilan mashhur bo‘lgan xonanda Anna Shurochkinani Ispaniyada to‘nab ketishgandi.
Live
Barchasi