Britaniyaliklar ukrainalik qochqinlarga qachongacha chidashi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
12 avgust 2022
12053Ukrainalik qochqinlarni qabul qilishga rozi bo‘lgan Buyuk Britaniya fuqarolari chorak qismi ularni olti oydan ko‘proq vaqt qoldirishni xohlamayapti. Bu haqda "The Daily Telegraph" nashri xabar berdi.
Milliy statistika idorasi tomonidan "Ukraina uchun uy-joy" loyihasida ishtirok etgan Buyuk Britaniyaning 17 ming aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 26 foiz respondent dasturda olti oydan ko‘proq vaqt davomida qatnashishni istamaydi. Ularning chorak qismi qarorini narx-navoning oshishi bilan izohlagan.
Nashrning eslatishicha, dastur ishtirokchilari ukrainaliklarni kamida olti oy davomida o‘z uylariga joylashtirishga kelishgan va buning uchun Britaniya hukumatidan oyiga 350 funt (taxminan 423 dollar).
Shu bilan birga, so‘rov shuni ko‘rsatdiki, dasturning o‘nta ishtirokchisidan oltitasi ukrainalik mehmonlarni uzoqroq muddatga qoldirishga tayyor va deyarli to‘rtdan biri shartnomani bir yildan ko‘proq muddatga uzaytirishga rozi.
Biroq dastur ishtirokchilarining deyarli barchasi ukrainaliklar uchun hukumat to‘layotgan yordam puli ko‘paytirilishi kerak deb hisoblaydi. So‘rovda qatnashgan har o‘n kishidan sakkiztasi qochqinlarni ovqatlantirganini, uchdan ikki qismi ish topishda yordam berganini va 45 foizi moliyaviy yordam ko‘rsatganini aytgan.
Har to‘rt kishidan biri, agar ularga qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatilsa, qochqinlarni uzoqroq qabul qilishga tayyorligini bildirgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevraldan beri 10,5 milliondan ortiq kishi Ukrainani tark etgan, ularning 6,37 millioni Yevropada, eng ko‘pi — 1,25 millioni Polshada joylashgan.
Go‘zal Alimova
LiveBarchasi