Britaniyalik o‘qituvchi rep aytish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Madaniyat-san’at

image

Ispaniyada maktab o‘qituvchisi britaniyalik Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. U fristaylda 39 soat 37 daqiqa 54 soniya davomida rep ijro etdi. Bu haqda “United Press International” ma’lum qildi.

35 yoshli Daniyel Alkon (taxallusi DAlcon) Ispaniyaning Valensiya shahrida o‘tkazilgan eng uzun individual rep marafonida Ginnes rekordini o‘rnatdi.

2021 yilgi urinishida jahon rekordidan bir soat ortda qolgan Alkon, bu safar erkin usulda 39 soat 37 daqiqa 54 soniya rep ijro qilib, amaldagi rekordni muvaffaqiyatli yangiladi.

Avvalgi rekord 33 soat 33 daqiqa 16 soniyani tashkil etib, amerikalik reper Uotskiy tomonidan 2020 yilda o‘rnatilgandi.

“Bunga erishishimga hissa qo‘shgan barcha jamoamga va uni jonli efirda tomosha qilish uchun hech bo‘lmaganda bir soniya bo‘lsada o‘z vaqtini bag‘ishlagan insonlarga rahmat”, deb yozadi Alkon ijtimoiy tarmoqda.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing