Britaniyalik olimlar mamontlarni “jonlantirmoqchi”
Bu qiziq
−
11 mart
6266Britaniyaning Colossal Biosciences biotexnologiya va genetik muhandislik kompaniyasi 2028 yilgacha junli mamontlarni qayta “jonlantirmoqchi”. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Kompaniyaning rejasi bo‘yicha, 4 ming yil avval yo‘qolib ketgan turning bolasi besh yildan keyin tug‘ilishi kerak. Colossal Biosciences esa bu paytgacha o‘z hududlarida mamontlarni qo‘yib yuborishga imkon beradigan davlatlar orasida hamkorlarni topishi darkor. Ularning hisob-kitobicha, ushbu tur tundrada yashashi lozim.
Colossal Biosciences ma’lumotlariga ko‘ra, junli mamontlarning ovqatlanishi katta ehtimol bilan ekologiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu atmosferadagi uglerod miqdoriga yaxshi ta’sir qilishi va abadiy muzlikni saqlashga yordam berishi taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar topilgan namunalardan mamont organizmining barcha genetik ma’lumotlarini (genom) rekonstruksiya qilish va zamonaviy Osiyo fillari DNKsi yordamida bo‘shliqlarni to‘ldirish niyatida. Ularning genomlari mamontlarniki bilan 99,6% o‘xshash ekani aniqlangan.
Rejaga ko‘ra, mamont embrioniga Osiyo fillarining ildiz hujayralari implantatsiya qilinadi. Ammo, mamontlarning "jonlanishi" yo‘qolgan ilmiy manbalar ko‘rinishidagi muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi haqidagi tadqiqotlar ham mavjud.
"Men klonlashtirishga qarshi emasman. Ammo ekologik muammolarni va hatto iqlim o‘zgarishini hal qilish uchun bundan foydalanishga qarshiman. Afsuski, moliyalashtirish xavfli va samarasiz usullarga qaratilgani sababli ta’sir salbiy bo‘lishi ehtimoli bor", deydi Ottavadagi Karlton universitetining biologiya, ekologiya kafedrasi dotsenti Jozef Bennet.
Bunga javoban Colossal Biosciences bosh direktori Ben Lamm uning kompaniyasi xususiy investorlarni jalb qilayotganini va ilmiy grantlar orqali moliyalashtirishga intilmasligini aytgan.
Bundan tashqari, ushbu kompaniya mavrikiyalik dodo (dodo qushi) va marsupial (Tasmaniya) bo‘rini "qayta jonlantirish”ni ham rejalashtirgan.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi