“Britaniyalik” koronavirus jami 41 ta davlatda aniqlandi

Olam

image

Birinchi marta Buyuk Britaniyada aniqlangan COVID-19 koronavirusining yangi turi hozirgi kunga qadar 41 ta mamlakat va hududlarda topilgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) haftalik epidemiologik axborot byulletenida ma’lum qildi.

“5 yanvar holatiga ko‘ra, dastlab Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning VOC-202012/01 varianti JSSTning oltita mintaqasining beshtasida joylashgan yana 40 ta davlatda kam sonli holatlarda aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi

Virusning yangi versiyasi yana bir qancha mamlakatlarda, jumladan Daniya, Italiya, Niderlandiya va Avstraliyada topilgan. Dekabr oyida Nigeriya, Singapur, Slovakiya va Janubiy Afrikada koronavirusning yangi mutatsiyalari qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing