“Britaniyalik” koronavirus Yevropaning yana bir davlatida aniqlandi
Olam
−
05 yanvar 2021 4349 2 daqiqa
Koronavirus infeksiyasining “britaniyalik” shtammini yuqtirishning dastlabki holatlari Slovakiyada ham aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Marek Krayci Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Mixalovse mintaqasida olingan dastlabki namunalarda allaqachon Bratislava shahridagi Komenskiy universiteti mutaxassislari ingliz mutatsiyasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Vazir shuningdek, odatdagi SARS-CoV-2 bilan taqqoslaganda, yangi virus shtammining tarqalish qobiliyati 70 foizga yuqori ekanini eslagan.
“Bemorlarda virus yuqish ehtimoli yuqori. Va, eng muhimi, uning tarqalishi 60 yoshgacha bo‘lgan va bolalar orasida ko‘proq intensiv bo‘lgan odamlarda tez-tez uchraydi. Yangi variant kasallikning klinik belgilari va o‘limi asl virusga nisbatan o‘zgarishsiz qolmoqda”, deya qo‘shimcha qilingan bayonotda.
Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi.
Virusning yangi versiyasi yana bir qancha mamlakatlarda, jumladan Daniya, Italiya, Niderlandiya va Avstraliyada topilgan. Dekabr oyida Nigeriya va Janubiy Afrikada koronavirusning yangi mutatsiyalari qayd etilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025