Britaniyada o‘qituvchi Muhammad (s.a.v.) karikaturalarini namoyish qildi. Unga o‘ldirish bilan tahdid qilindi
Olam
−
30 mart 2021
18465Buyuk Britaniyaning Betli shahridagi maktablardan birida diniy ilm o‘qituvchisi Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning karikaturalarini namoyish etdi, bu bir necha o‘nlab odamlarning, shu jumladan mahalliy o‘quvchilar ota-onalarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Shundan keyin o‘qituvchi shafqatsiz repressiyalar bilan qo‘rqitilgan. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar bermoqda.
Natijada kimligi oshkor qilinmagan o‘qituvchi lavozimidan chetlashtirilgan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, u namoyish etilgan karikaturalar tufayli ular qizining hayotiga suiqasd tayyorlanayotgandir, deb qo‘rqardi. Uning oila a’zolari aytishicha, shafqatsiz o‘limdan qo‘rqish bejizga emas: ingliz o‘qituvchisining uyiga allaqachon yosh to‘dalar kelgan va maktab ma’muriyati uni himoya qilishga harakat qilmayapti. O‘qituvchi taqdiriga boshi kesilgan fransuz tarixchisi Samyuel Patining kuni tushishiga ishonmoqda.
“U qanday qilib Betli Grammatika maktabiga qaytishi mumkin? Bu juda xavfli bo‘ladi. Va qanday qilib u o‘ldirilishi mumkinligini bila turib, o‘z bolalari bilan shahar atrofida yurib, odatdagi ishlarini qilyapti? Afsuski, uning Betlidagi hayoti tugadi”, deydi o‘qituvchining otasi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchisi vahshiylarcha o‘ldirildi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatadi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi