Britaniyada uchuvchi parvoz vaqtida hushini yo‘qotdi

Olam

image

“Jet2” aviakompaniyasiga qarashli “Airbus A321” samolyotining uchuvchilaridan biri Britaniya ustida parvoz vaqtida hushini yo‘qotdi. Shu sababli ekipaj favqulodda vaziyat e’lon qilishga majbur bo‘lgan. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 3 fevral kuni Lanzarote orolidan uchib chiqqan “LS980” reysi Manchester aeroportiga rejalashtirilgan qo‘nishidan taxminan 25 daqiqa oldin Buyuk Britaniya yo‘nalishida odatiy tartibda parvoz qilayotgan bo‘lgan.

“Samolyot Manchesterga yaqinlashganda ekipaj Squawk 7700 favqulodda vaziyatni bildiruvchi xalqaro kodni uzatgan va dispetcherlik xizmatiga uchuvchilardan biri sog‘lig‘ida yuzaga kelgan kutilmagan muammo sababli o‘z vazifalarini davom ettira olmasligini ma’lum qilgan”, deyiladi xabarda.

Uchuvchi kabinasida imkoniyatlar cheklangan bo‘lishiga qaramay qolgan uchuvchi samolyotni to‘liq nazorat ostida ushlab turgan va qo‘nishni xavfsiz tarzda davom ettirgan.

Natijada samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan, voqea joyida tibbiy brigadalar hushini yo‘qotgan uchuvchini kutib olgan. Yo‘lovchilar odatdagi tartibda samolyotdan tushirilgan, ekipaj va yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar bo‘lmagan.

“Jet2” aviakompaniyasi uchuvchining ahvoli bo‘yicha batafsil ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada maosh olmagan uchuvchi yo‘lovchilar to‘la samolyotda norozilik namoyishi uyushtirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya favqulodda vaziyat uchuvchi ekipaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing