Britaniyada Qirol Charlz III tasviri tushirilgan banknota dizayni e’lon qilindi

Olam

image

Britaniya banki mamlakat Qiroli Charlz III tasviri tushirilgan banknot dizaynini taqdim etdi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, monarx portreti 5, 10, 20 va 50 funt nominalidagi polimer banknotlarda paydo bo‘ladi.

Monarxning tasviri banknotlarning old tomonida, shuningdek, Big Ben tasviri yonidagi shaffof himoya oynasida paydo bo‘lgan. Orqa tomonda sobiq Bosh vazir Uinston Cherchill, yozuvchi Jeyn Osten, rassom Uilyam Tyorner va matematik Alan Tyuring tasvirlangan.

Britaniya banki dizaynni ishlab chiqishda qirollik oilasi vakillari ishtirok etganini qayd etgan.

Qirol tasviri tushirilgan banknotalar 2024 yil o‘rtalarida muomalaga chiqariladi. Shu bilan birga, qirolicha Yelizaveta II portreti tushirilgan banknotalar eskirguncha yoki shikastlanmaguncha qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirollik zarbxonasi Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III tasviri tushirilgan 5 funtlik tangalarni chiqarishni boshlagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing