Britaniya zaxira elektr stansiyalarini ishga tushirmoqchi – “Financial Times”
Olam
−
12 dekabr 2022 2959 1 daqiqa
Buyuk Britaniyaning “National Grid” yagona energetika tizimining operatori keskin sovuq va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishi munosabati bilan ikkita zaxira ko‘mir elektr stansiyasini ishga tushirishga tayyorlashni buyurdi. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni “Financial Times” nashri xabar berdi.
Gap Draks qishlog‘idagi (Shimoliy Yorkshir) issiqlik elektr stansiyasi haqida ketmoqda. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular zarurat tug‘ilganda elektr energiyasini uzluksiz ta’minlashi shart.
Ushbu issiqlik elektr stansiyalarining faoliyati yopilish rejasi tufayli to‘xtatilgan edi. “National Grid” boshlig‘i Pettigryu britaniyaliklarni 2023 yilning yanvar va fevral oylarida sovuq ob-havo sharoitida, Britaniya elektr stansiyalarida gaz yetishmasligi hamda Fransiya, Belgiya va Niderlandiyadan keladigan dengiz osti elektr energiyasi kamayishi oqibatida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Live
Barchasi