Britaniya YeI bilan harbiy sohada kelishuv imzolaydi
Olam
−
26 Oktabr 2022 3239 1 daqiqa
Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududi orqali qo‘shinlarning tez harakatlanishiga imkon beruvchi kelishuvni imzolamoqchi. Kelishuvning yakuniy rejasi noyabr oyida tasdiqlanishi kerak. Bu haqda Niderlandiya Mudofaa vazirligi rahbari Kaysa Ollongren ma’lum qildi, deb yozadi “The Times”.
Ollongrenning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlari kelishuvning yakuniy rejalarini kelasi oy tasdiqlashlari kerak. Uning tushuntirishicha, Buyuk Britaniyaning kelishuvni imzolash rejalari Ukrainadagi harbiy amaliyotlar bilan bog‘liq.
“Buyuk Britaniya kelishuvga qo‘shilishidan juda xursandman, chunki hozir biz Buyuk Britaniya qanchalik muhimligini, Ukrainaga yordam berishda harbiy hamkorlikda muhim sherik ekanligini ko‘rib turibmiz”, deydi u Britaniya gazetasiga.
Gazeta yozganidek, Buyuk Britaniya “harbiy harakatchanlik” dasturiga qo‘shilmoqchi. Uning ishtirokchilari Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida qo‘shinlarni olib o‘tish uchun kamroq ruxsatnomalar kerak bo‘ladi. Buyuk Britaniya Brexit paytida dasturni tark etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025