Britaniya vaziri Lavrov bilan uchrashuvda “qovun tushirdi”

Olam

image

Bugun, 10 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Britaniya rasmiysi “qovun tushirdi”.

Gap shundaki, Trass muloqot chog‘ida Britaniya Rostov va Voronyoj viloyatlarini Rossiya hududida sifatida tan olmasligini aytdi. Uning gaplarini muzokarada ishtirok etayotgan Britaniya elchisi Debora Bonnert tuzatdi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Trass Rossiya qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaradan olib chiqib ketishni talab qilgan. Lavrov bunga javoban harbiy qismlar o‘z davlati hududida joylashganini eslatgan. Shundan so‘ng, vazir Britaniya rasmiysiga “Rostov va Voronej viloyatlari ustidan Rossiya suverenitetini tan olasizmi?” degan kesaqiqli savol bilan murojaat qilgan. Bunga javoban Trass “Buyuk Britaniya hech qachon Rossiyaning bu hududlardagi suverenitetini tan olmaydi”, deya javob qaytargan.

Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchisi Debora Bonnert Tashqi ishlar vaziriga Rostov va Voronyoj viloyatlari azaldan Rossiya hududi ekanligini tushuntirishga shoshilib qolgan.

Vazirlar muhokamasining asosiy mavzulari Moskvaning xavfsizlik kafolatlari haqidagi talablari va Ukraina inqirozi bo‘lgan. Sergey Lavrov muzokaralar yakuniga ko‘ra, muloqotdan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1888

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing