Britaniya Ukrainaga yana $1,2 mlrdlik yordam ko‘rsatadi 

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga harbiy yordam uchun qo‘shimcha 1 milliard funt sterling (1,2 milliard dollar) ajratadi. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning idorasi tarqatgan xabarda aytiladi.

“Britaniya qurollari, jihozlari va o‘quv mashg‘ulotlari Ukraina mudofaasini o‘zgartirmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Jonson Rossiyaning “Ukrainada mag‘lub bo‘lishini” ta’minlash uchun ukrainaliklarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.

Ukrainaga ko‘rsatiladigan yangi yordam paketiga “integral havo mudofaa tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari, elektron urush uchun innovatsion uskunalar” kiradi. 

Ta’kidlanishicha, Britaniya tashabbusi nafaqat Ukrainaga yordam beradi, balki "Birlashgan Qirollikning gullab-yashnayotgan mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlaydi". Xususan, Kiyev uchun 100 million funt sterling (120 million dollar) miqdoridagi dronlarni ishlab chiqarishga buyurtmani Britaniya kompaniyasi oladi. Bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishga va “Ukraina mojarosi saboq” olib, Buyuk Britaniya foydasiga qo‘llashga yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida, umumiy hisobda Buyuk Britaniyaning Ukrainaga harbiy yordami hozirda 2,3 milliard funt sterlingni (2,8 milliard dollar) tashkil etadi. 

Bosh vazir idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1,5 milliard funt sterling (1,8 milliard dollar) iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatilgan holda, 2022 yilda Buyuk Britaniyaning Ukrainaga yordami 3,8 milliard funt sterlingga (4,6 milliard dollar) yetgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tgan NATO davlatlari rahbarlari sammitidan keyin Germaniya kansleri Olay Shols NATO davlatlari zarur bo‘lgan vaqtgacha Ukrainaga qurol yetkazib berishni davom etirrishga kelishib olganini ma’lum qildi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing