Britaniya Ukrainaga havo orqali qurol yetkazmoqda – Zaxarova
Olam
−
20 yanvar 2022
8626Buyuk Britaniyaning harbiy-transport samolyotlari bir necha kundan beri Ukrainaga havo orqali qurol yetkazib bermoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Mana bir necha kundan beri Buyuk Britaniya o‘z harbiy-havo kuchlarining harbiy-transport samolyotlari orqali Ukrainaga qurol-yarog‘ yubormoqda. Allaqachon oltita reys tashkil qilingan. Har bir kema bortiga kamida 77,5 tonna yuk olishi mumkin – bu taxminan 460 tonna qurol”, deydi Zaxarova.
Rossiya TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga shaharlarda foydalanish uchun tankga qarshi portativ tizimlar yetkazilmoqda. Shuningdek, Lvov viloyatidagi Yavorov poligonidagi g‘arb instruktorlari ukrainalik harbiylarga bunday harbiy amaliyotlarni o‘tkazishni o‘rgatmoqda.
Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar so‘nggi oylarda Kiyevga 30 ta Javelin, tankga qarshi raketa majmuasi va ular uchun 180 ta raketa yetkazib bergan.
“Moskva G‘arb hamkorlarini Ukrainani harbiylashtirish va mamlakatni Shimoliy Atlantika alyansiga tortishda yordam berishni to‘xtatishga chaqiradi”, deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Ma’lumot uchun, 2014 yil Qrimning Rossiya qo‘liga o‘tishi ortidan 2015 yildan boshlab Birlashgan Qirollik harbiylari Ukrainada tinimsiz mashg‘ulot va treninglar o‘tkazib kelmoqda. Qrim anneksiyasidan keyin Britaniya Ukrainada mamlakat harbiy flotini qayta tashkil etishda yaqindan yordam bergan.
LiveBarchasi