Britaniya suvlarida rus josuslik datchiklari topildi

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati Rossiya Britaniya yadroviy suvosti kemalarida josuslik qilish uchun datchiklardan foydalangan deb hisoblamoqda. Ularning bir nechtasi qirg‘oqqa tushib ketganidan qirollik dengiz floti tomonidan topilgan. Bu haqda kecha, 6 aprel kuni “Telegraph” gazetasi yozdi.

Qayd etilishicha, topilma milliy xavfsizlikka potensial tahdid sifatida baholanmoqda. Vaziyat haqida jamoatchilikka xabar berilmagan, biroq “The Sunday Times” avvalroq Moskva yadroviy raketalar bilan qurollangan Britaniyaning to‘rtta Vanguard suvosti kemasi bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini to‘plashga urinayotgani haqida xabar bergan edi.

Nashrning qayd etishicha, ulardan kamida bittasi Britaniyaning tashqi tahdidlarni oldini olish bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlari doirasida doimiy ravishda dengizda.

“Telegraph”ning yozishicha, Londondagi razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada Buyuk Britaniya va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilarining suvosti kemalariga qaraganda “dengiz tubidagi urush va josuslik nuqtai nazaridan” yaxshiroq jihozlangan maxsus suvosti kemalari parki bor.

“Atlantika okeanida urush ketayotganiga hech qanday shubha yo‘q. Bu Sovuq urush tugaganidan beri davom etayotgan mushuk va sichqon o‘yini va hozir u yana avj olmoqda. Biz Rossiyadan ajoyib faollikni ko‘ryapmiz”, dedi ism-sharifi oshkor qilinmagan Britaniyaning yuqori martabali harbiy amaldori “Telegraph”ga.

Britaniya hukumatidagi yana bir yuqori martabali manbaning aytishicha, Rossiyaning “suv osti o‘yinlari” “biroz kosmik poygaga o‘xshaydi”.

“Bu sir va hiyla-nayrang bilan qoplangan dunyo va mutlaq ravshanlikka erishish juda qiyin. Ammo qayerdadir nimadir yonayotganini ko‘rsatadigan tutun yetarli. Agar avval qoidalar bo‘yicha o‘ynagan bo‘lsak, endi qattiqroq harakat qilamiz”, deydi u.

Shuningdek, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligidagi manba NATO ittifoqchilari bilan birgalikda Rossiya tahdidining oldini olish choralari kuchaytirilishini ta’kidladi.

“Rossiya kemalari va samolyotlari Buyuk Britaniya yaqinida yoki NATO hududi yaqinida sun’iy intellekt kabi yangi texnologiyalardan foydalangan holda yashirin harakat qila olmasligini ta’minlash uchun bizning dengizdagi doimiy yadroviy to‘xtatuvchi vositamiz 56 yil davomida bo‘lgani kabi, dunyo okeanlarini aniqlanmagan holda patrul qilishda davom etmoqda”, deydi nashr manbasi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing