Britaniya Ramzan Qodirovning orzusini puchga chiqardi

Olam

image

Buyuk Britaniya Chechiniston Prezidenti Ramzan Qodirovning Londonga sayohat qilish orzusini puchga chiqardi. Endi uning orzusi amalga oshmaydi. Bu haqda Qodirovning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men Buyuk Britaniyaga borishni xohlardim. Ayniqsa, London bo‘ylab sayr qilish, Tauer ko‘prigida turib, Temza manzarasidan bahramand bo‘lish, Big-Ben va Bukingem saroyiga tikilib zavqlanishni xohlardim. Afsuski, bu orzular amalga oshmaydi. Boris Jonson va uning jamoasi meni bu imkoniyatdan mahrum qildi”, deydi Britaniya sanksiyalari ro‘yxatidan joy olgan Ramzan Qodirov.

U Britaniya rasmiylarini noto‘g‘ri xatti-harakatlari uchun qoraladi va uni burchakka haydamaslikni maslahat berdi. Chunki u g‘azablansa, sanksiyalar shunchaki gul kabi ko‘rinadi. 

“G‘azabim dahshatli va qasosimni boshqarib bo‘lmaydi. Shunda siz sanksiyalaringiz gul ekanligini tushunasiz. Chunki siz Shekspir va Sherlok Xolms olamiga kirib, sho‘ng‘ishni xohlagan sayyohning orzusini amalga oshishiga yo‘l qo‘ymadingiz”, deydi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya hukumati rossiyalik biznesmen Roman Abramovichni ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2464

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing