Britaniya Patriarx Kirillni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Rossiya pravoslav cherkovi rahbari Patriarx Kirillga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Britaniya hukumatining Matbuot xizmati press-relizida ko‘rsatib o‘tilgan.

“Rus pravoslav cherkovi rahbari Patriarx Kirill ham Ukrainadagi harbiy tajovuzni qo‘llab-quvvatlagani uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan”, deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, London kengaytirilgan qora ro‘yxatga Prezident huzuridagi bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belova, Moskva shahar dumasi deputati Sergey Savostyanov va “Volga-Dnepr” kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi rahbari Aleksey Isaykinni ham kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Yevropa Ittifoqi Kengashi Patriarx Kirillni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqchi edi, ammo keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ushbu qaror Vengriya tomonidan bloklangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing